1954 — bugun
Maktabni boshlab borganlar.
Direktorlar va rahbarlar arxivi. Har bir lavozim davri maktab arxividagi yillar bilan beriladi; hozirgi rahbar alohida tasdiqlanganda “hozirgi” deb belgilanadi.
Arxiv hajmi
10 profil
1986–1987-yillar oralig‘ida ma’lumot yetarli emas.
Direktorlar
Davrlar ketma-ketligi.
1954–1965
Aminov Ato Izzatovich
Maktab direktori
1954–1965-yillarda maktabga direktor etib tayinlangan. Kadrlarni o'z o'rniga qo'yish, maktab ta'limini talab darajasida tashkil etish, barcha fanlarni o'qitish bilan bir qatorda o'quvchilarga kasb-hunar o'rgatish tizimini yo'lga qo'ygan. Har bir yosh mutaxassis o'qituvchiga pedagogika sirlarini o'rgatib, to'g'ri yo'nalish bergan.
Profil
1965–1978
Aminova Mohira Murodovna
Maktab direktori
1965–1978-yillarda maktab ta'limini boshqargan talabchan direktor. O'qituvchilarga dars metodikasini o'rgatishda yaqindan yordam bergan. Rahbarligida maktabda ilk marta nemis tili 2-sinfdan chuqur o'qitila boshlangan; nemis tili o'qituvchilarini Germaniyaga malaka oshirish kurslariga yuborish yo'lga qo'yilgan. Shu bilan birga matematika fanidan dars bergan.
ProfilZaripova Galina Garipovna
Maktab direktori
1978–1985-yillarda maktabni boshqargan. Ta'limni rivojlantirish, maktab mavqeini yuksaltirish uchun harakat qilgan; nemis tili o'qitilishini rivojlantirishga va salohiyatli nemis tili o'qituvchilari bilan ta'minlashga erishgan.
ProfilOqilova Mohira Oripovna
Maktab direktori
1985–1986-yillarda maktabni boshqargan sardorlardan biri. O'z ishiga mas'ul, har bir o'qituvchining dars berish metodlarigacha nazorat qilgan, har bir o'quvchining har tomonlama bilim olishini ta'minlagan talabchan rahbar va ustoz.
ProfilIbragimov Sayfullo Abdullaevich
Maktab direktori
1987–1997-yillarda maktab ta'limini boshqargan. Rahbarlik davri O'zbekiston mustaqillikka erishgan davrga to'g'ri kelgan: darsliklar o'zgargan, lotin alifbosiga o'tilgan, maktab to'liq o'zbek sinflaridan iborat bo'lgan. Germaniya elchixonasi bilan dastlabki madaniy aloqalar o'rnatilgan; germaniyalik o'qituvchi Yurgen Rayss kontrakt asosida taklif etilgan. Tojik sinflari ham tashkil etilgan.
ProfilFayzullaeva Mohira Ismatovna
Maktab direktori
1997–2002-yillarda maktab rahbarligini qabul qilgan. Ta'lim tizimiga yangilik va islohotlarni tadbiq etishda fidoyilik ko'rsatgan. Rahbarligida bank sinflari ochilgan, matematika va bank ishi chuqurlashtirilgan reja asosida o'qitilgan. Germaniyaning Bonn shahridagi Beethoven-Gymnasium bilan «o'quvchilar almashish» loyihasi amalga oshirilgan; 100 dan ortiq o'quvchi va o'qituvchi Germaniyaga safar qilgan.
ProfilNizomova Munira Badriddinovna
Maktab direktori
2002–2004-yillarda maktab sardori vazifasini sidqidildan bajargan. Rahbarlik davrida Germaniya maktablari bilan madaniy aloqalar davom ettirilgan. 2002-yil mart oyida Bonn shahri hokimi Berbel Dikmann maktabda tantanali kutib olingan; Navro'z bayrami va milliy qadriyatlar namoyish etilgan. Nemis tili chuqur o'qitiladigan sinflar ochilgan.
ProfilRadjabova Zamira Istamovna
Maktab direktori
2004-yildan beri maktab direktori lavozimida ishlab kelmoqda. Rahbarligida maktab «yilning namunali maktabi» va «zamonaviy maktab» maqomlarini oldi; Germaniya maktablari bilan hamkorlik loyihalari davom ettirildi, yangi loyihalar boshlandi. Maktab kapital ta'mirdan chiqarildi, zamonaviy o'quv jihozlari bilan ta'minlandi. Maktab Fridrix Shiller nomi bilan atalishga munosib deb e'tirof etildi.
ProfilDirektor o‘rinbosarlari
Rahbariyatning davomchilari.
Eslatma: oxirgi ko‘rsatilgan direktor avtomatik ravishda 2026-yildagi amaldagi rahbar hisoblanmaydi.